Ayni vaqtda yurtimiz bo'ylab hukm surayotgan anomal sovuq vaqtida ijtimoiy soha ob’yektlari, xususan tibbiyot muassasalari hamda kasalxonalarda isitish tizimlarining ishlash holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylarining tashkil etilganligini o‘rganish maqsadida tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg'un shahar hududiy shifoxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrifda soha vakillari hamda bemorlar bilan suhbatlashib ularning muammo va takliflarini tingladi hamda isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, bemorlarning yaqinlari uchun kutish joylarida sharoitlar yaratish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.