Ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
Kuni kecha Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev mas'ullar bilan birgalikda sektor hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, ya'ni maktablar holatini o‘rgandi.
Jumladan, tumandagi 12, 68, 7, 52, 51 va 38-umumta‘lim maktablariga tashrif buyurib mazkur ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktab hududining obodonchiligi ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlangan muammolarni tez fursatda bartaraf etish yuzasidan mas‘ullarga vazifalar yuklandi.