Sariosiyo tumani hokimligi-Ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari faoliyati o‘rganilmoqda
...
26.09.2022
239 marta o'qildi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarishda mamlakatimizdagi tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining mavjud gidrosalohiyatidan va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini yana-da kengaytirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish hamda shu asosda yangi ekologik toza energiya hosil qiluvchi quvvatlarni rivojlantirish borasida ishlar qizg‘in ravishda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi respublika ishchi komissiya aʼzolari jamiyat tomonidan Surxondaryo viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi, foydalanishga topshirilgan yangi GESlarning faoliyati hamda mavjud gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarining  faoliyati hamda “To‘palang GES” UKda olib borilayotgan modernizatsiya jarayonlari to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Xususan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarining qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2947-sonli qarori asosida amalga oshirilib, mazkur GESlarning umumiy quvvati 75,6 MVtni tashkil etib, yiliga o‘rtacha 201,3 mln.kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.

Shuningdek respublika ishchi komissiya aʼzolari modernizatsiya dasturi doirasida “To‘palang GES” UK da olib borilayotgan ish jaryonini ko‘zdan kechirdi.  Hozirgi kunda har birining quvvati 15 MVt bo‘lgan 2 ta gidroagregat 30 MVt gacha quvvatda elektr energiya ishlab chiqarmoqda.

Taʼkidlanish lozimki, GESda hozir har birining quvvati 72,5 MVt bo‘lgan ikkita zamonaviy gidroagregatlar o‘rnatiladi. Natijada stansiyaning jami ishlab chiqarish quvvati 175 MVtga yetkaziladi va yiliga o‘rtacha 450 mln.kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Bu esa 200 ming axolini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish mumkunligini anglatadi. Yil yakuniga qadar mazkur obyektni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Hozirda belgilangan grafik-reja asosida uskunalarni o‘rnatish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Umuman, yuqoridagi loyihalar bo‘yicha qurilish va modernizatsiya ishlaridan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi gidroenergetik quvvatlar, yaʼni ekologik jihatdan toza elektr energiya ishlab chiqarish hajmi jami 250 MVtga yetkaziladi va 80 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. GESlar tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazilmagan holda, barqaror energiya ishlab chiqarilib, viloyat sanoat korxonalari, turli idoralar va mahalliy aholiga yetkazib beriladi.

Shuningdek, ishchi komissiya aʼzolariga “To‘palang suv ombori”da olib borilgan ishlar  hususida axborot berildi. Shu o‘rinda suv omborining xavfsiz va barqarorligini taʼminlash bo‘yicha suv ombor qoshida suv omborlari va GESlar holatini monitoring qilishga ixtisoslashgan texnik tizimlarni kuzatuvchi dispetcherlik-nazorat punkti tashkil etilgan. Mazkur punktda suv omborlari to‘g‘onlarini mustahkamlash va doimiy nazorat qilish, xavfsizligini taʼminlash borasida aqlli texnologiya ishlab turibdi. To‘g‘on boshqaruvi avtomatlashtirilgan bo‘lib, xorijdan keltirilgan nazorat, o‘lchov, kuzatish moslamalari jarayonni muntazam nazorat qilib boradi. Bundan tashqari to‘g‘on o‘rtasiga ham maxsus datchiklar o‘rnatilgan va ular barcha maʼlumotlarni qayd qilib boradi. Hozirda to‘g‘onga yaqin joylashgan 10 ta mahallaga bittadan maʼlumotlarni yetkazib turuvchi ovoz kuchaytirgich apparatlari o‘rnatilgan. Shuningdek, seysmostansiya ham zilzilaning to‘g‘onga taʼsirini kuzatib boradi.

O‘rganishlar davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning  Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “To‘palang” suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.  

Loyihaga ko‘ra, “To‘palang” suv omborining quyi qismida bosimni so‘ndirish, suvni tozalash va tarqatish inshooti qurilmoqda. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi. Bu tizim samarasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv taʼminoti yaxshilanadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?