Bugun yurtimizda har bir sohaga boʻlgani kabi, yoʻllar infrastrukturasiga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, tumandagi "Shoqishloq" mahalla fuqarolar yig‘inining ichki ko‘chalarida tuman Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda 230 metr yo'lda qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib toshlash ishlari olib borildi. Bu kabi ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini hal etish, turmush darajasini yaxshilashdan iboratdir.