Sariosiyo tumani hokimligi-Hududlarga tashrif 2024-yil 8-iyun
...
10.06.2024
104 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifi davomida Sariosiyo tumanida joylashgan “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligida vohalik tadbirkorlarning eko-turizm loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

 

Tadbirkorlar asosan “Surxon” davlat qo‘riqxonasi, “Yuqori To‘palang” va “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘lari, “Uzun” va “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaliklarida, shuningdek, suv omborlari, daryo va soylar bo‘yida eko-turizm manzillarini tashkil etish, mahalliy va xorijlik turistlarning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi loyihalarini taqdimot qilishdi.

 

Taqdimotdan keyin viloyat rahbari turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolari hamda yangi tashabbuslarini tingladi. Mas’ullarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlab, muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

 

Shuningdek, shu yerning o‘zida asalarichilik, ko‘chatchilik, dorivor o‘simliklar yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?