Bugun, 14 noyabr kuni viloyat hokimi rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abdisalom Xo‘jaqulov kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, yashil makon, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari ijrosini tizimli tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar doirasida olib borilayotgan ishlar, "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni ishga joylashtirish va boshqa muammolarini hal etish masalalarini muhokama qilib, ushbu ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarni ogohlantirdi.
Yig‘ilishda shuningdek, aholini gaz bilan ta'minlash, oziq-ovqat zahirasini yaratish, eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha mutasaddilarga vazifa yuklandi.