...
01.03.2023
85 marta o'qildi

G‘alla maydonidagi kamchiliklar o‘rganildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, mas‘ullar bilan birgalikda g‘alla maydonidagi ishlarning olib borilishi yuzasidan "Shaxzodjon Jumayev" va "Xonim g‘allasi" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Tanishish jarayonida mazkur g‘alla dala maydonlarida agrotexnik tadbirlar talab darajasida bajarilmaganligi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi bois fermer xo‘jaligi rahbarlari ogohlantirilib, 1 kun muddat ichida muammolarni bartaraf etish topshirig‘i berildi. Qolaversa g‘alla maydonlarini o‘g‘itlash, sug‘orish, dala maydonlari atrofini tozalash va tut ko‘chatlari ekish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, "Xonim g‘alla" fermer xo‘jaligida noqonuniy qurilishlar amalga oshirilayotganligi aniqlanib shu vaqtning o‘zida to‘xtatildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?