Sariosiyo tumani hokimligi-FUQAROLARGA ASBOB-USKUNALAR TOPSHIRILDI
...
06.10.2022
173 marta o'qildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 252-sonli Qaroriga ko‘ra, 12 turdagi subsidiyalar fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan berilishi belgilangan.Ushbu subsidiyalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularning o‘zini-o‘zi band qilishi va doimiy daromadga ega bo‘lishlari maqsadida berilishi nazarda tutilgan.

Xususan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari va Sariosiyo tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i G'.Davlatov tomonidan 5 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinalari, inkubator va motokultivator asbob-uskunalari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?