Prezident Farmoniga asosan yurtimizda 20-oktabrdan 1-dekabrga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" boshlandi.
Loyiha doirasida bugun, 20 oktabr kuni tuman hududida tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov va mas'ullar ishtirokida loyihaga start berilib, yangi ko'chatlar ekildi. Yangi qadalgan ko'chatlar tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiroyli ko'rinishga keltirildi.
Shuningdek, mahallalarda, yo‘l chetlarida, maktab, tashkilot hududlarida ham manzarali daraxtlar ekish ishlari boshlandi.