Joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida Sariosiyo tumani 62-umumtalim maktabi targʻibotchisi Dilnoz Saidova faol ishtirok etdi. Targ'ibotchining ko'rik tanlovga taqdim etgan ilmiy ishlari hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholanib g'oliblar qatoridan o'rin egalladi hamda "Tashabbuskor islohotchiʼʼ esdalik nishoni va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
-Ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan ilmsevarlar orasida ekanimdan faxrlandim. Goʻzal Samarqand shahridagi sayohat va taqdirlash jarayoning unutilmas daqiqalari hayotim varaqlarida chiroyli taassurotlar bilan muhrlandi,-deydi Dilnoza Saidova.
Eslatib o'tamiz, yaqinda D.Saidova Qozog'iston Respublikasining "Mohir qalamkash" nishoni bilan taqdirlangan edi.