Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar avvalida Rustam Minnixanov ko‘rsatilgan hurmat va yuqori darajadagi qabul uchun viloyatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tatariston Respublikasi Raisi va Surxondaryo viloyati hokimi o‘zbek va tatar xalqlarini Muborak Ramazon oyi bilan qutladi.
Tatariston va Surxondaryo o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki hudud rahbarlari tomonidan bayonnoma imzolandi.