Prezident Farmoni bilan, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari hamda fuqarolardan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryoliklar ham bor.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan:
▫️Choriyeva Jumaxol Qurbonovna - Bandixon tumanidagi «Bandixon agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
▫️Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich - Surxondaryo viloyati hokimi
▫️Turdiyev Abdisodiq Payg‘amovich - Sherobod tumanidagi «Oazis» xususiy korxonasi rahbari
«Do‘stlik» ordeni bilan:
▫️Normurodov Toxir Omonturdiyevich - Boysun tumanidagi «O‘rmonchi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
▫️Fazilova Svetlana Antonovna - Sariosiyo tumanidagi «Chosh» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
▫️Xudoynazarova Gulchexra Tog‘ayevna - Termiz tumani «Yangihayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi
«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar):
▫️Ochildiyev Tillo - Qiziriq tumani
«Shuhrat» medali bilan:
▫️Berdiyev Sodiq Xo‘jamqulovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz elektr ta’minoti korxonasi elektr mexanigi
▫️Tagayev Mirkomil Xasanovich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi
Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshlarimizni viloyat hokimligi jamoasi va voha jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz!