Sariosiyo tumani hokimligi-Davlat dasturi ijrosi mahallalarda
...
10.10.2022
188 marta o'qildi

Prezidentimizning farmoniga muvofiq "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturi doirasida aholiga transport xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, suv, elektr va gaz ta’minoti tizimini yaxshilash, yakka tartibdagi va ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash, obodonlashtirish, shu bilan birga ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlari ham ko‘zda tutilgan.

Dasturga ko'ra joriy yilda “Surxon nasos iregator” firmasi tomonidan tumandagi “Ehtirom” mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida mahallada 8 km suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar suv tarmog‘i tortish va kalodets o‘rnatish ishlari to‘liq amalga oshirilgan.

Shuningdek, firma tomonidan 2 ta suv saqlash va 2 ta transformator o‘rnatish, aholi xonadonlariga ichimlik suv hisoblagichi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?