Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan
Bugun Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umuta’lim maktabida Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan, yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021--yil 27-maydagi "Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘grisida"gi 331-sonli hamda Barkamol avlod respublika bollar maktabining 2023-yil 29- avgustdagi 01/8-283 xatiga asosan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Barkamol avlod bollar makltabi tomonidan "Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan" shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi.
Barkamol avlod bolalar maktabida 7 yo‘nalish 60 turdagi to‘garaklarga 1450 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilgan bo‘lib, tajribali pedagog xodimlar tomonidan kasb hunarga yo‘naltilgan.
Yosh avlodni ma’naviy olamini boyitish, o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni chuqur singdirish iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyish qilish maqsadida olib borilayotgan bunday say-harakatlar o'z mevasini bermasdan qolmaydi.
O'quvchi yoshlarimizning, Respublika, viloyat ko‘rik tanlovlarida faxrli 1-2 o‘rinlarga ega bo‘lshlari buni yaqqol misolidir desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
O‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokchilardan maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqish hamda BABM ga o‘quvchi yoshlar qamrovini oshirishdan iborat bo‘lib bundan asosiy maqsad yangi tashabbuslar, loyihalar va takliflarni amaliyotga joriy etish orqali maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqishdan iboratdir.
Tadbir so'ngida Maktabdan tashqari ta'limda, o'z faolyatini olib borayotgan xodimlar hamda musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchi yoshlarga faxriy yoliq va esdalik sovg'alari topshirildi.