Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, respublika mahallani qo‘ullab-quvvatlash kengashi raisi boshchiligida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis konferensiyasi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi.
Konferensiyada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi Farmon va Qarori ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Konferensiyadan so‘ng, "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" Sariosiyo tumani kengashi raisi Abduqodir Donayev O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ta’sis konferensiyasida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar yuzasidan mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish borasida ustuvor vazifalar hamda sohada yo‘lga qo‘yilayotgan yangi uyushma, uning vakolat va vazifalar hamda mahallalar tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ta’sis konferensiyasida belgilab berilgan ishlarni samarali tashkil etish boʻyicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.