Jumladan, tumanimizda 2023 yil g'alla hosili uchun urug' qadalgan 2,5 ming gektar yer maydonida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash, sug'orish ishlarini olib borish, dala maydonlaridagi ariq va zovurlarni tozalash bo'yicha olib borilgan ishlar xususida to'xtalib o'tildi.
Shuuningdek, tuman hokimi uchrashuvda sohada belgilangan ishlarni amalga oshirish, ishlarni sifatli va muddatida bajarish bo'yicha mas'ullarga vazifa yukladi hamda g'alla parvarishi bo'yicha ishlarni tizimli olib borish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.