Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun 30 yanvar kuni viloyat hokimi U.Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishidan so‘ng tuman hokimi Abduqodir Donayev kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
...
30.01.2023
191 marta o'qildi

Yig'ilishda tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomiga qat'iy rioya qilgan holda ishlarni o‘z vaqtida bajarish, samarali olib borish, maktab hamda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, sohadagi muammolarni hal etish orqali o'quvchilarga qulay sharoitlar yaratish, xususan viloyat hokimining tashabbusi bilan tumandagi 7 ta maktabda ta'mirlash ishlarini olib borish ko'zda tutilganligini ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, bank sohasida muammoli kreditlar bilan ishlash, mol-mulk va yer solig'i qarzdorliklarini undirish bo'yicha targ'ibot tadbirlarini o'tkazish, bozorlarda oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini zaxirasini shakllantirish hamda narxlarning sun‘iy tarzida oshirilishiga yo'l qo'ymaslik, noqonuniy qurilishlarni oldini olish bo'yicha mas'ullarga vazifa yukladi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21463?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?