Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun 30 noyabr kuni tumanning “Lochin” mahallasi hududida 150 oʻringa moʻljallangan yangi zamonaviy 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim binosi foydalanishga topshirildi.
...
30.11.2022
158 marta o'qildi

Barcha qulayliklarga ega boʻlgan ushbu taʼlim tashkilotini bunyod etishda umumiy qiymati 4 mlrd 834 million soʻm boʻlgan maktabgacha ta'lim tashkilotini foydalanishga topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbirda, tuman hokimi o‘rinbosari A.Qurbonov, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari, nuroniy va keng jamoatchilik vakilari ishtirok etdi.

 

Zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan bog‘chada 5-ta guruhga mo‘ljallangan bo‘lib, zarur mebellar, zamonaviy musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va o‘yin maydonchalari mavjud bo'lib ushbu maskan kichkintoylarning ma’naviy dunyosini boyitish, jismonan chiniqtirish, barkamol avlod sifatida ulg‘aytirish uchun zarur hamma sharoitlar yaratilgan. Shu bois yangi DMTTning ochilishi tuman aholisi uchun kutilgan va quvonchli voqea bo‘ldi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?