Mazkur uchrashuvda tumanda istiqomat qiluvchi "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshning muammolari tinglandi hamda ularga yechim izlandi.
Uchrashuvda asosan o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskuna olish, oliy ta‘lim muassasasi shartnoma mablag‘ini to‘lash, haydovchilik va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatlari badalini to‘lash kabi murojaatlar yo‘llandi. Ushbu murojaatlarning deyarli barchasi shu yerning o‘zida o‘z yechimini topdi. Shuningdek, sektor rahbarlari yoshlarga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini tizimli asosda o‘rganish va hal etishga doimo tayyorliglarini bildirib o‘tdi.