Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun, 20 fevral kuni viloyat hokimligi tomonidan videoselektor tarzida yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
...
20.02.2023
220 marta o'qildi

Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, aholi tomonidan yo'llangan murojaatlar bilan ishlash holati, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, bozor hududida savdo yarmarkalarini doimiy tashkil etish hamda narxlar barqarorligini ta'minlash, ko'p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, sifatli bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarni ogohlantirdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?