Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylangani hamda yurtimizda qolaversa tumanimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
El-yurt ravnaqi yoʻlida kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi. Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
Tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar uchrashuv ishtirokchilarini raqsga chorladi.