Ushbu uchrashuvda tumanda 2023 yil paxta-g‘alla hosilini yetishtirishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning muhokamasi hamda g‘alla ekinlarini oziqlantirishga katta e‘tibor qaratish, dala atrofidagi ariq-zovurlani tozalash, ko‘chatlar ekish, xandaklar qazish va mahalliy o‘g‘it bilan to‘ldirgan holda sharbatlab sug‘orish ishlari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, soha vakillarining muammo va takliflari eshitildi va har bir sektor rahbari o‘ziga tegishli bo‘lgan hududlarda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga g‘alla hosilini yetishtirish ishlarida muammoga duch kelganda sektor rahbarlariga murojaat qilishlari mumkinligi ta‘kidlandi.