Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun 15 fevral kuni tuman hokimi o‘rinbosari A.Qurbonov tumandagi Axborot kutubxona markazi faoliyati, Barkamol avlod bolalar ijodiyot maktabi hamda 47-3 va 10-sonli umumta’lim maktablarini ko‘zdan kechirdi.
...
15.02.2023
142 marta o'qildi

Tashrif avvalida Axborot kutubxona markazi faoliyati hamda markazi qoshida tashkil etilgan kompyuter savodxonligi, FRONT AND dasturlash kursi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tumanda IT mutaxassislarini yetishib chiqarishni rivojlantirish, yoshlar zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallashlari uchun tashkil etilgan mazkur kursda hozirgi vaqtda davlat xizmatchilari, talabalar, maktab o'quvchilari, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 30 dan ortiq o'quvchilar tahsil olmoqda. Endilikda IT English, IT matematika, mobil ilovalar yaratish, Bekend dasturlash kurslarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

Keyingi manzillar umumta'lim maktablari bo'lib u yerda o‘quvchilarni dars jarayonlariga to‘laqonli qatnashishi, o‘qish xonalari,kutubxonalar, o'quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, kasb-hunar o‘rganish uchun tashkil etilgan o'quv xonalari va issiqlik tizimi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarni dars jarayonlarida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o'tkazish maqsadida suhbat olib borildi hamda A.Qurbonov 2022 -2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish ham aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgani ham bejiz emasligi, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ta’lim sohasidagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkamlash kerakligini alohida ta’kidladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?