Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun 14 fevral kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda aholi bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan shtab tarkibidagi mas‘ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
...
14.02.2023
210 marta o'qildi

Ushbu yig‘ilishda tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari G.Samiyeva va tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tumanda tashkil etilgan shtab tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida uyma-uy yurgan holda aholi muammolarini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni o‘z vaqtida yuritib borish va berilgan topshiriqlarni to‘laqonli bajarish va mazkur ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?