Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun, 14 fevral kuni Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev, tuman porokurori N.Azizov, tumandagi bank rahbarlari bilan birgalikda tumanda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining faoliyatini o‘rgandi hamda mazkur yo‘nalishda faoliyat amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.
...
14.02.2023
164 marta o'qildi

Ushbu uchrashuvda sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish quvvatini oshirish, korxonalarda ishlab chiqarish hajmlari va ish o‘rinlarini soliq hisobotlarida aks etirish, bundan tashqari qo‘shni tuman va viloyatlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berish choralarni ko‘rish bo‘yicha qurilish klasterlarini tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo, yangi loyihalar taklifi va tashabbuslari tinglandi hamda muhokama qilindi va yo‘llangan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga muammoni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar (https://t.me/sariosiyohokimligi/22281?single) berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?