Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi guruh Yangi O‘zbekiston massivi bilan tanishgandan so‘ng, Ko‘zi ojizlar jamiyatida bo‘lishdi u yerda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar va tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan binolarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylar, aholi xonadonlari, ma‘rifat markazi va kutubxonada bo‘lib, aholi vakilari bilan suhbatlashdi.
Shundan so‘ng, atrofda tozalash va obodonlashtirish ishlari etarlicha olib borilmaganligini tanqid ostiga olib, ko‘chalarni tartibga keltirib, aholiga sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar yuklandi.
So‘ngra Sariosiyo oziq-ovqat dehqon bozoridagi sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. U yerdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari bilan tanishib o‘tildi va bozor ma’muriyatiga bozordagi narx navolarni sun‘iy ravishda ko‘tarilib ketishini oldini olish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat zahirasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda atrofdagi shohbekatlarni ham tartibga olish, haydovchilarga va aholiga qulay sharoit yaratish uchun mutasaddi rahbarlarga muammoni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21259?single).