Sariosiyo tumani hokimligi-“Boysun bahori”ga tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda
...
22.04.2024
85 marta o'qildi

Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida Bibishirin mahallasida joylashgan turizm kompleksida yakuniy bosqichda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Hozirda hududlar povilonlari hamda qo‘rg‘onlari milliy ko‘rinishda bezatilmoqda.

Viloyat rahbari amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi. Ishlarni tez kunlarda yakunlab, festivalning badiiy qismining yakuniy tayyorgarligini asosiy va mobil sahnalarda taqdimot qilish topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?