Bolalar musiqa va san‘at maktabi faoliyati o‘rganildi
Bugun tuman hokimi o‘rinbosari Asqarali Qurbonov 4-sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabiga tashrif buyurib ta‘lim muassasasining faoliyati bilan tanishdi.
San'at maktabida 8 ta yo'nalish xalq cholg‘u, an‘anaviy cholg‘u, an‘anaviy xonandalik, fortepiano, tasviriy san’at, amaliy san’at, xoreografiya, akademik xonandalik yo‘nalishlari bo'yicha 158 nafar o'quvchiga 27 ta oliy va o'rta ma'lumotli o'qituvchilar ta‘lim berib kelmoqda. O‘quvchilar o‘rasida respublika va xalqaro ko'rik tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar borligi tahsinga sazovordir.
A.Qurbonov o‘quvchilarga yaratilgan sharoit, dars jarayonlari bilan tanishar ekan yoshlarga 2022 -2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish ham aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgani ham bejiz emasligi, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ta’lim sohasidagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q, ta’limda poydevorni bugundan mustahkamlash kerakligini alohida ta’kidladi.