...
12.12.2022
139 marta o'qildi

BAAning Abu-Dabi shahrida 11-dekabr kuni boks boʻyicha IBA Champions Night musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Boks kechasining markaziy jangi super ogʻir vazn toifasi vakillari Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan sariosiyolik Bahodir Jalolov va kelib chiqishi Rossiyadan boʻlgan, Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Danis Latipov oʻrtasida kechdi. Jang toʻliq besh raund davom etdi va ularning barchasida oʻzbekistonlik bokschi katta ustunlik qayd etdi.

Yakunda hakamlar bir ovozdan Bahodirning gʻalabasini qayd etdi. Jalolov ushbu gʻalaba orqali IBA chempionlik kamariga ega chiqdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?