Ayollar internat uyida bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Bugun, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev sektor rahbarlari bilan birgalikda Sariosiyo tumanidagi nogironligi bo'lgan ayollar uchun mo'ljallangan Farxod "Muruvvat" internat uyida bo‘ldi.
U yerda istiqomat qilayotgan 300 nafar ayollar va ularning issiq-sovug‘i, salomatligidan boxabar bo‘lib, ularning qarovi bilan band bo‘layotgan tibbiyot xodimlarini hamda tarbiyalanuvchilarni bayram bilan tabriklab, ularga estalik sovg‘alarini topshirdi.
Tuman hokimi xotin-qizlarni bayram bilan tabriklar ekan, jamiyatdagi barcha ayollar davlatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan hamshiralarga va boshqa xodimlarga minnatdorchilik izhor etdi.
Muruvvat uyida bayram dasturxoni yozilib, davolanuvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoni, konsert dasturi, mehr va e’tiborga muhtoj ayollarga katta quvonch ulashdi.
Shuningdek tuman hokimi tashrif davomida mazkur internat uyidagi ayollar uchun tashkil etilgan to'garaklar faoliyati bilan ham tanishdi.