Sariosiyo tumani hokimligi-Apparat yig'ilishida muhim masalalar muhokama qilindi Bugun 13 fevral kuni viloyat hokimi U.Qosimov rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.
...
13.02.2023
117 marta o'qildi

Yig'ilishda tuman hokimi ijro intizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Surxondaryo viloyati hokimining joylarda berilgan topshiriqlar ijrosi, yashil makon umummilliy loyihasi doirasida joylarni belgilab mavsumga tayyorgarlik ko'rish, qishloq xo‘jaligi sohasiga etibor qaratish, klasterlarni qo'llab-quvvatlash, mavjud issiqxonalardagi holatlarni ko‘zdan kechirish, tumanda amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini nazorat qilish, xalq talimi va maktabgacha ta'lim tizimida samaradorlikni oshirish va muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish, soliq tushumlarini nazoratga olish hamda komunal sohalardagi ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ma’sullarga ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, har bir sohadagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha har bir mas'ulga ish holati tahlilini qilish topshirig'i berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?