Bugun, 21-noyabr kuni viloyat hokimi T.Bobolov rahbarligida videoselektor tarzida yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimining birinchi o’rinbosari Sh.Qalandarov tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman hokimi o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, ijtimoiy tarmoqlar orqali (Fecebook, Telegram) kelib tushayotgan murojaatlarning o’z vaqtida ko’rib chiqilishi, tashabbusli byudjet hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilot va rahbarlarga tumaning obodligini ta’minlash, tozaligiga katta e’tibor qaratish zarur ekanligi ham takkidlab o’tildi.