Sariosiyo tumani hokimligi-Apparat yig'ilishi: Aholi muammolarini o'rganish va bartaraf etish bizning birinchi galdagi vazifamiz
...
16.01.2023
187 marta o'qildi

Bugun, 16 yanvar kuni viloyat hokimi U.Qosimov rahbarligida videoselektor tarzida yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda tuman hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, kommunal sohada yuzaga kelayotgan muammoarni tez fursatda bartaraf etish, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollarining ish faoliyatini tanqid qilgan holda elektr energiya sarfini maksimal darajada tejash bo'yicha xonadonlarda tushuntirish ishlarini olib borishi va aholi vakillari holidan xabar olishi yuzasidan topshiriq berdi.

 

Shuningdek, aholiga ko'mir mahsuloti yetkazib berish, bozorlar hamda savdo markazlarida narx-navining sun'iy tarzda oshirilmasligi nazorat qilsh, ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimini barqaror ta'minlash, dars mashg'ulotlari boshlanishiga tayyorgarlik ko'rish, tumanning eksport-import ko'rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ullarga vazifa yukladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?