Sariosiyo tumani hokimligi-AOKA direktori Surxondaryodagi axborot xizmatlari rahbarlari, jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
...
04.03.2023
99 marta o'qildi

AOKA direktori Surxondaryodagi axborot xizmatlari rahbarlari, jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Bugun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev viloyat matbuot uyida vohada faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar hamda mahalliy hokimiyat organlari, viloyat tashkilotlari va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni keng jamoatchilikka yeteazishda AOKA hududiy boshqarmasi, axborot xizmatlari, jurnalist va blogerlarning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali aholiga ishonchli va tezkor axborot tarqatish, hudud imijini oshirish borasidagi taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, sohaga oid qabul qilinayotgan normativ hujjatlar, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ochiq muloqotning savol-javob qismida soha vakillari va axborot xizmatlari rahbarlarining har bir savollariga batafsil javob berilib,takliflari inobatga olindi. Kelgusida viloyatda axborot xizmatlari, OAV va blogerlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham AOKA rahbari bilan uchrashib, soha vakillarini yanada qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?