Sariosiyo tumani hokimligi-Aliment toʻlovchilarni ish bilan ta’lminlash maqsadida, Byuroning Sariosiyo tuman boʻlimida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi
...
07.09.2023
59 marta o'qildi

Aliment toʻlovchilarni ish bilan ta’lminlash maqsadida, Byuroning Sariosiyo tuman boʻlimida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Kecha, Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman boʻlimida aliment toʻlovchilarni ish bilan ta’lminlash maqsadida, mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, 7 nafar voyaga etmagan farzandlari uchun aliment toʻlovchilar ish bilan ta’minlandi.

Ma’lumot oʻrnida, Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman boʻlimida voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment toʻlovchi 1838 nafar ota-onalar mavjud, ushbu aliment bilan bogʻliq ishlar yuzasidan 532 nafar otalar oʻz vaqtida farzandlari oldidagi majburiyatlarini toʻlaqonli ravishda nafaqa pullarini oʻz vaqtida ado etib kelmoqda.

Mehnat yarmarkasidan soʻng, tuman jome masjidi imom xatibi tomonidan aliment toʻlovchilar va aliment oluvchi fuqarolarga aliment majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish har bir musulmon insonning burchi va vazifasi ekanligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Ushbu kuni 5 nafar oilalar yarashtirib qoʻyildi.
Bundan tashqari, 7 nafar aliment toʻlashdan bosh tortib kelgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan ma’muriy ish qoʻzgʻatilib, shulardan, 5 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ikki nafari sud jarayonida taraflar yarashganligi sababli toʻplangan hujjatlari belgilangan tartibda ish yuritishdan tugatildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?