Aholi murojaatlarini o'rganish, ularni o'z vaqtida hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan eng ko'p murojaat etilayotgan masalalardan biri bu ichki yo'llarni ta'mirlashdir. Shu bois fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida reja grafik asosida ichki yo'llarni toshlash, biton qoplama yotqizish hamda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Sariosiyo tumani Bo'yrapo'sht mahallasi Uzumzor ko'chasida tuproqli yo'llarda toshlash ishlari olib borildi.