Sariosiyo tumani hokimligi-Aholi murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy muhokama qilindi
...
07.11.2022
188 marta o'qildi

Bugun, 7 noyabr kuni tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 

Tuman hokimi yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Farmonlari, Qarorlari va yig'ilish bayonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarining ijrosini ta'minlash, kuz -qish mavsumiga oziq-ovqat zahirasini shakllantirish, eksport va import, fuqarolarni ish bilan ta'minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash masalalarini muhokama qilib, ushbu ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarni ogohlantirdi.

 

Shuningdek, yashil makon, dehqon xo'jaliklarini tashkil etish uchun aholiga elektron tanlov orqali yerlarni ijaraga berish bo'yicha mutasaddilarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?