Sariosiyo tumani hokimligi-Aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
...
04.01.2023
136 marta o'qildi

Bugun 4-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi ijtimoiy va iqtisodiy hamda boshqa sohalarda kunlik nazoratni amalga oshirish yuzasidan aparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Qalandarov, sektor rahbarlari, tashkilot va korxona rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Ushbu yig‘ilishda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan SHTAB a’zolariga quyidagi vazifalar, ya‘ni aholiga sifatli ko‘mir tarqatish, suyultirilgan maishiy gaz balonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va shu kabi bir qator muhim masalalar bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, shtab a’zolariga har bir mahallaning muammolarini o‘rganish va o‘rganilgan muammolarni o‘z vaqtida sifatli hal qilish va kunlik o‘rganilgan muammolar bo‘yicha shtab a’zolariga ma’lumot taqdim etish vazifasi yuklatilda hamda yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ul etib tuman prokurori N.Azizov belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?