Tashrif davomida 1-son ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning o‘qish xonalari, ularga yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Ushbu maktab 450-o‘rinli bo‘lib, 8-ta tumandan 310-nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Shuningdek, Finlandiya tajribasi asosida fan xonalari tashkil etilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga urg‘u berilgan. Muassasada fan xonalari va labaratoriyalarida interaktiv panellar mavjud bo‘lib o‘quvchilar bemalol to‘garaklarda qatnashishlari uchun ularga bepul tushlik ham beriladi.
Shundan so‘ng tuman hokimi mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda Sharg‘un shahar sport maktabiga tashrif buyurdi va u yerdagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanish jarayonlarini, erishilgan yutuqlarini ko‘zdan kechirdi.
Sport maktabida tashkil etilgan sportning turli yo‘nalishlarida shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilarimizning mashg‘ulot xonalari, sport zallaridagi to‘garaklari bilan ham tanishdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22226?single).