...
24.02.2023
95 marta o'qildi

Abduqodir Donayevning madaniyat va san'at sohasi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev "Bo'ston" madaniyat markazida madaniyat va san'at sohasidagi muammolarni soha vakillari bilan muhokama qilish, ularning murojaatlari, sohani rivojlantirish borasidagi takliflarini tinglash maqsadida tumanda faoliyat olib boruvchi madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekistonda milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralayapti. Boisi, madaniyat va sanʼat millat taraqqiyoti yoʻlidagi nihoyatda ahamiyatli va oʻta nozik soha. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan, tilagiga koʻchadigan tuygʻularni tarbiyalayapti"-dedi tuman hokimi uchrashuv avvalida.

Madaniyat xodimlarining sahna asarlari, raqs va qo'shiqlaridan iborat konsert dasturi namoyish etilgandan so'ng , soha vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglandi.

Shundan so'ng madaniyat markazida faoliyat olib boruvchi guruhlarning tadbir kiyimlarini yangilash, moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda madaniyat bo‘limi tasarrufida faoliyat yuritayotgan 8 ta madaniyat markazlaridagi guruhlarning repertuarlarini boyitish va bayram tadbirlarida faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha mas‘ullarga vazifa yuklandi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22860?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?