Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi Bugun, 11 fevral kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Jo‘rabekova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
...
11.02.2023
110 marta o'qildi

Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, elektr energiya, gaz, ichki yo'llarni ta'mirlash, bandlik, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 90 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Eslatib o'tamiz tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har shanba kuni bo'lib o'tadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?