Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun, 25 fevral kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, elektr energiya, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy, yer va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 48 nafar fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.