Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi: 04.02.2023-yil
...
04.02.2023
247 marta o'qildi

Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishda fuqarolar qabullarining ahamiyati katta. Shu bois bugun ham tuman hokimligi katta majlislar zalida Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Jo‘rabekova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, elektr energiya, gaz, ichki yo'llarni ta'mirlash, bandlik, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 90 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?