Tuman hokimi 2022 yilda foydalanishga topshirilgan yosh avlod uchun barcha qulayliklarga ega go‘zal ma’naviyat-ma’rifat va dam olish maskani bo'lgan Yoshlar bog'idagi bolajonlar uchun maxsus o‘yingoh, 50 o‘rinli kinoteatr, axborot-kutubxona markazi, o'ziga xos dizayn asosida zamonaviy qurilish materiallaridan bunyod etilgan musiqali favvora, sun’iy ko‘lni ko'zdan kechirdi.
Xususan, A.Donayev axborot-kutubxona markazi bilan tanisharkan 33 mingdan ortiq turli kitob va qariyb 71 ming elektron kitob fondiga ega katta hajmdagi LED-monitor va bepul internet bilan ta’minlangan yorug‘ o‘quv zaliga ega axborot-kutubxona markazi bir yo‘la 120 nafar, kun davomida 600 dan ortiq kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bu kabi kutubxonalar yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor davlat siyosati darajasida ko'rilayotganining bir ifodasi ekanligi, qolaversa mamlakat kelajagi egalariga bo‘lgan bugungi yuksak eʼtibor ertaga o‘zining yuqori hosilini berishi shubhasizligini ta'kidladi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21293?single).