Bugun 30 yanvar kuni Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev, tuman tashkilot va muassasa rahbarlari bilan birgalikda “Yangihayot” mahallasining ijtimoiy soha obyektlari va aholini qiynab kelayotgan muammolari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla binosi, 9-sonli umumta’lim maktabi, 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalladagi tibbiyot punkti, mahallaning ichki yo‘llari, obodonligi, xonadonlarning toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, mahalladagi chiqindilaring o‘z vaqtida olib ketilayotganligi hamda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, uchastka nozirining ish hujjatlari o‘rganildi.
Shuningdek, 9-sonli umumta’lim maktabining isitish tizimi, tozaligi talab darajasida emasligi, mahallaning “Ehtirom” ko‘chasida yog‘ingarchilik vaqtida yo‘llarda suv to‘planib qolishi natijasida fuqarolarning yo‘llarda harakatlanishida qiyinchiliklar vujudga kelayotganligi, mahalladagi chiqindilar belgilangan grafik asosida chiqarib olib ketilmaganligi aniqlandi.
Ushbu aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman tashkilot va muassasa rahbarlariga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21477?single).