Tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman prokurori N.Azizov bilan birgalikda Mega loyiha hisoblangan “To‘palang suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi bilan tanishdi.
Hozirda loyiha doirasida 361 kilometr masofaga magistral quvur yotqizilib, ichki tarmoqlarni tortish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Qiymati 138 million dollarlik loyiha foydalanishga topshirilgach, viloyatda 1 million 700 ming iste’molchining, qolaversa tuman aholisi suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Loyihaning birinchi navbatida 11 ta tuman va Termiz shahridagi jami 47 ta suv saqlash va tarqatish inshootlarini ulanish hisobiga 100 ming xonadondagi 700 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Shundan so'ng tuman hokimi To'palang suv saqlash inshootini, Zarchob-1, 2,3 GESlariga ham tashrif buyurdi. Hozirgi kunda “To‘palang” GES 175 mVt, “Zarchob 1” GES 37 mVt, “Zarchob 2” GES 38 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, “Zarchob 3” GES ishga tushirilgach 16,4 mVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.