Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayev “Gulobod” va “Ehtirom” mahallasining ijtimoiy obektlari va aholi muammolari bilan tanishdi
...
03.02.2023
129 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayevning hududlarga tashrifi davom etmoqda. Jumladan bugun tuman hokimi tuman tashkilot va muassasa rahbarlari bilan birgalikda tumandagi “Gulobod” va “Ehtirom” mahallasida bo‘lib u yerdagi ijtimoiy obyektlar va aholini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida “Gulobod” va 2022 yil "Obod qishloq", "Obod mahalla" davlat dasturi asosida o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan “Ehtirom” mahallasi binolari, 68-sonli umumta’lim maktabi, mahallaning ichki yo‘llari, obodonligi, xonadonlarning toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, mahalladagi chiqindilaring o‘z vaqtida chiqarib olib ketilayotganligi hamda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar vakili, uchastka nozirining ish hujjatlari o‘rganildi hamda har bir muammo avvalo mahallada ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozimligi ta‘kidlandi.

Shuningdek maktabda o‘quvchilar tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktab hovlisida qurilgan issiqxona, asalarichilik faoliyati ko‘zdan kechirildi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21715?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?