Sariosiyo tuman hokimi Donayev Abduqodir Haydarovichning keyingi manzili Lutfkor mahallasida qad rostlayotgan "Yangi O'zbekiston" massivi bo'ldi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekiston massivi"da loyihaga asosan 31 gektar yer maydonida 86 ta ko‘p qavatli uy-joy, 3 gektar yer maydonida ekobozor, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi, 2 ta savdo maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati, tibbiyot punkti qurish rejalashtirilgan bo'lib tuman hokimi ushbu qurilish ishlari va loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tuman hokimi massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi sifatini ko‘zdan kechirib, qurilish ishlari olib borayotgan quruvchi tashkilotlar bilan suhbatlashdi. Obyektni belgilangan muddatda sifatli ravishda topshirish bo‘yicha ma’sullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Shu bilan bir qatorda, qurilishga ma’sul bo‘lgan rahbarlarga har bir obyektda ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21251?single).