O‘rganish davomida “Bog‘iobod” va “Sebzor” mahalla binolari, 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning tahsil olishida yaratilgan o‘quv xonalari, sport zali va faollar zali kopzdan kechirildi. Shuningdek, “Ehtirom” mahallasida yangi qad roslayotgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi qurilgan binosi ko‘zdan kechirildi hamda mahallaning ichki yo‘llari, obodonligi, mahalladagi chiqindilaring o‘z vaqtida chiqarib olib ketilayotganligi hamda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, uchastka nozirining ish faoliyatlari o‘rganildi.