Uchrashuvda eng avvalo 2023 yilgi paxta-g‘alla hosilini yuqori sentnerda olish masalasi bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbarlari va mas’ullarga tumandagi bor imkoniyatni ishga solgan holda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasaliklar va hashoratlarga qarshi samarali kurash ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda tumandagi mavjud biolabaratoriyalarni ish sifatini yaxshilash qolaversa yangi biolabaratoriyalar markazini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.